date 13:53 / 03.10.2024
views 189

Selena Gomes oʻzining milliarderlik maqomiga munosabat bildirdi

Selena Gomes oʻzining milliarderlik maqomiga munosabat bildirdi
32 yoshli xonanda va aktrisa Selena Gomes rasman milliarderga aylangani haqidagi xabarlarga nisbatan oʻz munosabatini bildirdi. Yulduz asos solgan Rare Beauty kosmetika kompaniyasidan milliardlab daromad olishiga qaramay, oʻzini doimo kamtarona tutadi, biroq badavlat boʻlishning ayrim jihatlarini yoqtirmasligini tan oladi.

Foto: People Talk
Selenaning soʻzlariga koʻra, xonanda oʻzining moliyaviy ahvoli, daromadi va, umuman olganda, pul toʻgʻrisida gapirishni yomon koʻradi. Gomes bu yoshda milliarderga aylangani va butun dunyoga tanilgani katta muvaffaqiyat boʻlsa-da, u bularni hayotdagi eng muhim yutuq deb bilmaydi.

Nyu Yorkda boʻlib oʻtgan kinofestivalda Entertainment Tonight nashriga bergan intervyusida xonanda shunday dedi:

Shaxsan menga pul haqida gapirish juda yoqimsiz holatdir, lekin mening kosmetika tovarlarimni sotib oladigan insonlardan minnatdorman. Ular mening orzumni amalga oshirmoqda”.

Foto: The Independent
Ammo Selena Gomes oʻzining yangi bilimlarni egallagani toʻgʻrisida faxr bilan gapiradi. Xususan, u yaqinda ispan tilida erkin soʻzlasha boshlagan va bu iste'dodni xonanda oʻziga xos ne'mat deb biladi.

Bloomberg nashri hisob-kitoblariga koʻra, Gomesning boyligi 1,3 milliard dollarga etgan. Daromadining katta qismi besh yil avval ishga tushirilgan Rare Beauty kosmetika kompaniyasiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, u musiqiy albomlar sotuvidan tushgan mablagʻlar, koʻchmas mulklar, striming xizmatlari bilan tuzilgan shartnomalardan olingan gonorarlar, brendlar bilan hamkorlik bitimlari va kontsertlari orqali yuqori daromadga ega boʻlgan. Bundan tashqari, qoʻshiqchi ruhiy muammolarga duch kelgan insonlarni qoʻllab-quvvatlash va ruhiy salomatlik sohasidagi tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi Wondermind startapining ham asoschisidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat