15:23 / 06.12.2024
156

“Kalmar oʻyini” koreys serialini 330 milliondan ortiq kishi tomosha qildi

“Kalmar oʻyini” koreys serialini 330 milliondan ortiq kishi tomosha qildi
2021 yilda premerasi boʻlib oʻtganidan soʻng kino tarixidagi global hodisalardan biriga aylangan Janubiy Koreyaning “Kalmar oʻyini” seriali rekordlarni yangilashda davom etmoqda.

Foto: Netflix
Variety ma'lumotlariga koʻra, serialning birinchi mavsumi Netflix platformasida 330 milliondan ortiq tomoshabinni jalb qilgan va 2,8 milliard soatdan ortiq tomosha qilingan.

Ikkinchi mavsum treyleri e'lon qilingach, serialga boʻlgan qiziqish keskin ortdi va soʻnggi bir hafta ichida birinchi mavsumni koʻrishlar soni 60 foizga oshdi. Striming platformasi “Kalmar oʻyini”ning keyingi qismini yilning eng kutilgan loyihasi deb atadi.

Ikkinchi mavsum premerasi joriy yil 26 dekabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Unda serialning birinchi qismidagi oʻyinda gʻolib boʻlgan bosh qahramon — 456-raqamli ishtirokchi Son Ki Xun ishtirok etadi. U beshafqat oʻyinlar tashkilotchisidan oʻch olish hamda halokatlarga olib keluvchi dahshatli voqealarni toʻxtatish maqsadida Kalmar oʻyiniga qaytadi.

Foto: Netflix
“Kalmar oʻyini”ning keyingi qismi birinchi mavsumdan mashhurlikda oʻzib ketishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, “Kalmar oʻyini”da katta pul mukofoti va'da qilingan oʻyinda omon qolish uchun shafqatsiz sinovlarda qatnashishga majbur boʻlgan va qarzga botgan bir guruh odamlar haqida hikoya qiladi. Serial ishtirokchilarni bolalar oʻyini asosida tuzilgan bir nechta halokatli oʻyinlarda ishtirok etadi. Har bir magʻlubiyat oʻlimni anglatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat