21:54 / 11.03.2015
8 933

74 yoshli Al Pachino birinchi marotaba uylanishga qaror qildi

74 yoshli Al Pachino birinchi marotaba uylanishga qaror qildi

Gollivud aktyori Al Pachino o‘zining 74 yoshida hayotida birinchi marotaba uylanishi mumkin. Aktyor AQShda chop etiladigan Total Film magazine jurnaliga bergan intervyusida yaqin orada buning amalga oshishi ehtimoli yo‘q emasligini tan oldi.

Al Pachino “uylanish niyatida ekanligi”ni tasodifan gapirib qo‘ydi. U “Men hech qachon “hech qachon” demaganman” deya sha’ma bilan gapirgan.

Xorijiy OAVlarda uning sevgilisi sifatida argentinalik 35 yoshli aktrisa Lyusila Solani aytilmoqda. Ularning munosabatlari besh yildan beri davom etib kelyapti. Bu juftlik omma oldida birga ko‘rinishdan tortinmaydi va turmush qurish borasidagi niyatlari jiddiyligi haqida bir necha bor aytib o‘tishgan.

Ma’lumot uchun, Al Pachino umrida hech qachon uylanmaganiga qaramasdan, uning uchta farzandi bor. Katta qizi uning hozirgi sevgilisidan 10 yosh kichik, o‘g‘il va qiz egizak farzandlari esa 14 yoshda.

Al Pachino bu gal o‘z muxlislariga to‘y marosimidan fotosuratlar bo‘lishiga va’da berdi. Biroq nikoh marosimining qayerda va qachon o‘tkazilishi haqida hech narsa demagan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 74 yoshli Al Pachino birinchi marotaba uylanishga qaror qildi