Foto: “Daryo”
“Stand up” ustasi, komik Indira Miftahova Daryo Lifestyle YouTube kanaliga bergan intervyusida farzandsizligi va bilib-bilmay qalbiga ozor berayotgan odamlar haqida gapirdi.
— Onam vafot etganidan keyin ko‘pchilik “Agar farzanding bo‘lganida, ovunarding”, deb tasalli berishdi. Ammo ota-ona va bolaning o‘rni boshqa-boshqa. Oila qurganimizga besh yil bo‘ldi, ishonaman, bir kun Alloh albatta bizga ham farzand beradi. Lekin kuniga bu haqda ellik marta gapirishsa, oxiri ko‘zga yosh olarkansiz. Bu haqida o‘ylashayotgani uchun rahmat, ammo farzandni Alloh beradi. Duo qilinglar, ammo ha deb eslataverish shart emas. Oldin bu haqda o‘ylamasdim, muhimi turmush o‘rtog‘im vaziyatni tushunyapti, umidimiz bor derdim. Ammo ba’zi odamlar baxtli ekanini isbotlash uchun meni shu nuqtamga uryapti. Bu xuddi odamning kamchiligini yuziga aytishdek gap. Hatto dushmanimning ham dilini og‘ritishni istamayman. Ba’zan o‘zimni tutolmay yig‘laganimda shu darajada beshafqatmisizlar, degim keladi. Menga ham og‘ir, ammo na iloj.
Ba’zi muxlislar chin dildan duo qilib “Sizga farzand tilayman”, deyishadi. Ularning ko‘rsatayotgan mehridan quvonaman, ammo uni ham pinhona so‘rashlarini istayman. Chunki endi unutdim, chalg‘idim deganimda yana kimdir eslatsa, hammasi qaytalangandek bo‘ladi.
Yaqinda turmush o‘rtog‘im bilan bir tadbirga bordik, u yerda 100 ga yaqin shou-biznes vakillari bor edi. Ishonasizmi, tadbir yakunlanguniga qadar asosiy mavzu biz bo‘ldik. Bu juda yoqimsiz holat, qanchalik kulib turishga harakat qilmay baribir yuragim og‘ridi. Ota-onam hamma narsadan baxtli bo‘lishni o‘rgatgan. Farzandim yo‘q to‘g‘ri, ammo baxtli bo‘lishimning boshqa sabablari ko‘p, deydi Indira Miftahova.
Indira Miftahova vaynlardan topgan daromadi sabab qaynonasiga uy sovg‘a qilgani rostmi?
Foto: “Daryo”
— Aslida uyni men emas, turmush o‘rtog‘im oldi. Reklama asosida uy berishdi, turmush o‘rtog‘im yonidagi yana bir uyga to‘lov qildi. Avval ham reklamaga uy berish bo‘yicha juda ko‘p takliflar bo‘lgan. Doim rad etardim, boisi buning mas’uliyati juda katta. Men reklama qilsamu, ammo u vaqtida topshirilmasa yoki boshqa muammolari yuzaga chiqsa, o‘zimni aybdor his qilaman, deydi Indira Miftahova.
Komik aktrisa bir muddat xorijda yashagani va deyarli ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘rinishi bermagani haqida gapirdi.
— Turmush o‘rtog‘im sakkiz yil Janubiy Koreyada yashagan. To‘ydan avval “Men ham o‘sha yerda yashagim kelyapti”, deganimda, albatta, bir kun olib borishga va’da bergandi. Oradan besh yil o‘tib, orzularimiz amalga oshdi. Turmush o‘rtog‘imning o‘qishga qabul qilinishi sabab biz u yerda yashashimizga to‘g‘ri keldi. Olti oy musofirchilikda yashab, juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Vatanning, yaqinlarning, hamyurtlarimizning qadriga yetdim. Ijodkor bir loyihada ikkinchisiga o‘tayotganda albatta, bir oz tin olishi kerak. Shu bois ancha kamnamo bo‘lib qoldim. Shunchaki odamlarni kuzatib, ruhan dam oldim, deydi Indira Miftahova. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
OpenAI ham Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
«Tolibon» vaziriga qarshi suiqasdni kim uyushtirgani ma’lum bo‘ldi
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?
So‘rov xulosasi: migrantlar uchun oila va bolalar eng oliy qadriyat
Ukrainadagi qurolli mojaro 2025 yilda tugaydi