06:22 / 20.01.2025
574

Jerar Batler: Har kuni kimnidir kasalxonaga olib ketishar edi

Jerar Batler: Har kuni kimnidir kasalxonaga olib ketishar edi
Foto: Warner Bros. Pictures
Rejissyor Zak Sneyder tomonidan suratga olingan “300 spartalik” filmida bosh rolni ijro etgan Jerar Batler People nashriga bergan intervyusida tasvirga olish jarayoni qanday oʻtgani haqida soʻzlab berdi. Aktyor qayd etishicha, mazkur filmni suratga olish davomida ishtirokchilar deyarli har kuni jarohatlar olgan va kasalxonaga borishga majbur boʻlgan.

Jang sahnalarini suratga olish paytida ortimdagi ikkinchi darajali aktyorlarning yo burni sinar, yo koʻziga nayza kirib ketar yoki yiqilib, oyoq-qoʻllarini sindirib olar edi”, dedi Batler.

Jerarning filmdagi ishtiroki ham turli jarohatlarsiz oʻtmagan. U tinimsiz mashgʻulotlardan charchagani bois ogʻriq qoldiruvchi vositalarni qabul qilishga odatlanib qolgan. Shuning uchun ham 2012 yilgacha deyarli 9 yil mobaynida reabilitatsiya markaziga borishga majbur boʻlgan. U erda dorilarga tobelikdan davolangan.

Foto: Hyperstar
Shuningdek, intervyu davomida Batler “Qutqaruv” filmida Pirs Brosnan bilan avariyaga uchragani haqida ham soʻzlab berdi. Unda aktyor boʻynini sindirib olgan edi.

Biz katta tezlikda Range Rover mashinasida devorga urildik, uning balandligi taxminan 1 metr edi”, dedi aktyor.

Ma'lumot uchun, “300 spartalik” filmi miloddan avvalgi 480 yilda Gretsiyaning Termopil dengizi boʻyida yashagan 300 nafar spartalik jangchining hayotini tasvirlaydi. Leonidas boshchiligidagi spartalik jangchilar oʻz mamlakatini himoya qilish uchun oʻzgacha jasorat koʻrsatadi. Leonidas va uning jangchilari qadimiy Fors imperiyasiga qarshi kurashadi.

Film 65 million dollar byudjet bilan 456 million dollar daromad keltirgan. Loyiha dramatik va ekshn elementlari tufayli 2007 yilda MTV Movie + TV Awards’da eng yaxshi jang sahnasi uchun mukofotni qoʻlga kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat