date

"Man Siti" yulduzi Abduqodir Husanov qo‘shiq aytib jamoadoshlarini hayratga soldi

"Man Siti" yulduzi Abduqodir Husanov qo‘shiq aytib jamoadoshlarini hayratga soldi
O‘zbekiston futboli tarixida yangi sahifalarni yozishni boshlagan Abduqodir Husanov nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham muxlislarning diqqat markazida qolmoqda. Yosh futbolchi "Manchester Siti" klubiga yangi kelib qo‘shilgani munosabati bilan jamoa an’analariga ko‘ra jamoadoshlari oldida jonli ijro bilan chiqish qildi.

Husanov, jamoasi bilan birga o‘tirgan murabbiy Pep Gvardiola va jamoadoshlarining qarsaklari ostida stul ustiga chiqib, mashhur "Radius 21" guruhining "Dubay" qo‘shig‘ini jonli tarzda kuyladi. Uning samimiy va qaynoq ijrosi zaldagi barcha futbolchilar va murabbiylarni hayratga solib, katta olqishlarga sabab bo‘ldi.

Abduqodirning ushbu ijrosidan so‘ng jamoada ijobiy va zavqli muhit yaratildi. O‘zbek yulduzining bunday harakatlari jamoadoshlari tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olindi va ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘plab futbol muxlislari orasida tezda tarqalib ketdi.

Husanovning "Dubay" qo‘shig‘idan keltirilgan so‘zlar esa zaldagi barchani biroz hissiy tuyg‘ularga berilishiga sabab bo‘ldi:

«Moviy dengiz, sohilida otel,
Yonimda mallasoch madmuazel,
Jazirama yoz fasli iyul,
Qo‘llarida bir dona atirgul..


Bu ijro bilan Abduqodir Husanov nafaqat futbolchilik mahorati, balki musiqiy iste’dodi ham yuqori ekanini isbotladi. Kelajakda uning yana ko‘plab bunday qiziqarli harakatlari muxlislarning diqqat markazida bo‘lishi shubhasiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Man Siti" yulduzi Abduqodir Husanov qo‘shiq aytib jamoadoshlarini hayratga soldi