
Janubiy Koreya pop-musiqa guruhi NCT'ning sobiq a’zosi Mun Teil jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Peopletalk nashri xabar berdi.
Hodisa 2025 yil iyun oyida sodir bo‘lgan. 31 yoshli Teil va yana ikki erkak Seuldagi barda Xitoy fuqarosi bo‘lgan qiz bilan tanishgan va keyin uni mast holda birining uyiga olib borib, zo‘rlagan.
Sud tomonidan bu holat «kvazi-zo‘rlash» sifatida baholandi — ya’ni jabrlanuvchi hushida bo‘lmagan holda zo‘ravonlikka uchragan. Sud aybni og‘irlashtiruvchi holat sifatida jinoyatning guruh bo‘lib amalga oshirilganini qayd etdi.
Prokuratura ma’lum qilishicha:
- Jinoyatchilar jabrlanuvchini ataylab tanish bo‘lmagan joyga olib borishgan.
- Bu harakat qizda qattiq ruhiy iztirob tug‘dirgan.
- Ularning qilmishi og‘ir turdagi jinoyat sifatida baholanadi.
Ishni ko‘rib chiqqan sudya Li Xyon Gen:
“Jabrlanuvchi mast va hushida emas edi. U o‘zi bilmagan joyda zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. Bu uning ruhiy ahvoliga jiddiy ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin”, — deya fikr bildirdi.
Sud jarayonida ayblanganlarning barchasi qilgan jinoyatlarini tan oldi. Ilk bosqichda ularga 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi mumkin edi. Ammo sud 3,5 yil muddat bilan cheklandi.
Ushbu holat shou-biznes olamidagi mashhur shaxslar ham qonun oldida teng ekanini yana bir bor isbotladi. Mun Teilning qat’iy jazoga tortilgani Janubiy Koreyada jinsiy zo‘ravonlikka qarshi qat’iy kurash olib borilayotganini ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar