date

18 yoshli bloger OnlyFans'da 3 soatda $1 mln topdi

18 yoshli bloger OnlyFans'da 3 soatda $1 mln topdi

Taniqli tiktoker Lil Tay (asl ismi — Kler Xoup) 18 yoshga to‘lganidan so‘ng bir necha kun o‘tib, OnlyFans platformasida shaxsiy akkauntini ochdi. Ushbu qaror jamoatchilikda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Pravilamag.

Lil Tay'ning aytishicha, u akkauntini ochganidan so‘nggi 3 soat ichida $1 million daromad topgan, bu esa OnlyFans'dagi yangi rekordlardan biri sifatida ta’kidlanmoqda. U barcha kontentni 18 yoshga to‘lgan kuni, soat 00:01 da ish boshlab, shu kuni yozib olganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, katta agentliklar va katta yoshlarga mo‘ljallangan studiyalar u bilan 18 yoshga yetmay turib ham aloqaga chiqqan. Hatto $30–40 million dollarlik shartnomalar taklif qilingan, biroq u bu pulni mustaqil topishga qaror qilgan.

Lil Tay'ning yoshligi, hamda OnlyFans'dagi faoliyati internetda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar «18 yoshga to‘lishi bilan bunday kontent yaratishi qanchalik to‘g‘ri?», «Bu uning kelajagiga qanday ta’sir qiladi?» kabi savollar qo‘ymoqda. U esa javoban:

«$50 million hayotimni vayron qilmaydi, deb o‘ylayman», — deb ta’kidladi.

Lil Tay avval ham bir necha shov-shuvli voqealar bilan tilga tushgan. 2023 yil avgust oyida u va uning akasi Jeyson vafot etgani haqida yolg‘on xabar tarqalgan, bir oy o‘tib esa u yangi musiqiy klip chiqarib, «qaytib kelganini» e’lon qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 18 yoshli bloger OnlyFans'da 3 soatda $1 mln topdi