AQShda mashhur “Amerikaning eng mehribon sudyasi” sifatida tanilgan sudya Frenk Kaprio 88 yoshida oshqozon osti bezi saratoni bilan kurashib vafot etdi.
Kaprio deyarli 40 yil davomida sudya sifatida faoliyat yuritdi. U oddiy sud jarayonlarini insonparvarlik va hazil aralash qarorlari bilan mashhur qildi.
U boshqargan “Caught in Providence” nomli ko‘rsatuv butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Dastur milliardlab tomosha qilinib, YouTube’da 3 millionga yaqin obunachi yig‘di.
Kaprioning mayda huquqbuzarliklarni kechirish, jarimalarni yumshoq ohangda izohlash va odamlar bilan samimiy muomala qilishi adolatning faqat qonun emas, balki mehr-muhabbat orqali ham qaror topishini eslatib turardi. U hatto hayotining so‘nggi kunlarida ham kasalxonadan turib muxlislaridan duolar so‘radi.
Rod-Aylend shtati gubernatori uni “haqiqiy milliy boylik” deb atadi. Shtat bo‘ylab bayroqlar yarim ustunda hilpiratilib, sudyaning xotirasi sharaflanmoqda. Frenk Kaprio insoniylik, kamtarlik va xizmat timsoli sifatida yodda qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar