date

Moda dunyosining qiroli Jorjio Armani vafot etdi

Moda dunyosining qiroli Jorjio Armani vafot etdi

Italiyalik mashhur modeler, tadbirkor va moda olamining afsonaviy namoyondalaridan biri, Jorjio Armani 92 yoshida olamdan o‘tdi. Uning vafoti nafaqat Italiyada, balki butun dunyoda moda ishqibozlari va sanoat vakillari uchun katta yo‘qotish bo‘ldi.

Jorjio Armani 1934 yilda Italiyaning Piachensa shahrida dunyoga kelgan. Uning bolalik va o‘smirlik davri jang yillariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, u o‘zidagi salohiyat va orzular orqali katta natijalarga erishdi. Armani boylik jihatidan Italiyaning eng nufuzli kishilari qatoriga kirgan bo‘lib, uning mulki 12 milliard dollardan ortiq deb baholanardi.

Armani moda olamidagi ilk qadamlarini Milandagi univermagda oddiy oyna ustasi sifatida boshlagan. Uning mehnatsevarligi va orzularga intilishi natijasida qisqa vaqt ichida dunyoga mashhur kompaniyalarda ishlash imkoniga ega bo‘ldi. U Nino Cerruti kompaniyasiga qo‘shilib, u yerda erkaklar kiyimlari ustida ishladi. Keyin esa Zegna va Loewe kabi brendlar uchun ijod qildi.

1975 yilda Armani o‘zining biznes sherigi Serjio Galeotti bilan birga “Giorgio Armani” kompaniyasini ta’sis etdi. Bu brend jahon modasida yangi sahifani ochib, tez orada moda industriyasining eng nufuzli timsollaridan biriga aylandi.

Jorjio Armani oddiy dizaynlar va qulaylikni rag‘batlantirgan uslubi bilan mashhur edi. Uning kiyimlari nafaqat modalar namoyishlarida, balki Gollivud yulduzlari, siyosatchilar va sportchilar garderobida ham doimiy o‘rin oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Moda dunyosining qiroli Jorjio Armani vafot etdi