date

“Lilo & Stitch” Rossiyada yozning eng ko‘p pirat relizi

“Lilo & Stitch” Rossiyada yozning eng ko‘p pirat relizi

Rossiyada yoz mavsumida eng ko‘p norasmiy tomosha qilingan film sifatida “Lilo & Stitch” qayd etildi. Bu haqda “Film distribyutorlari byulleteni” ma’lum qildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu relizning “soya kassasi” 700–800 million rublga baholanmoqda. Film 2002 yilda chiqqan shu nomdagi mashhur multfilm asosida ishlangan bo‘lib, unda Gavayada yashovchi Lilo ismli qiz va uning noodatiy do‘sti Stitchning sarguzashtlari aks etgan.

Yangi versiyada Stitchni yana Kris Sanders ovozlagan. Lilo rolini Maya Kealoxa, uning opasi Nanini esa Sidney Elizabet Agudong ijro etgan. Shuningdek, filmda Zak Galifianakis, Billi Magnussen va Xanna Uoddingem ham suratga tushishgan. Kartinaga Din Fleysher Kamp rejissyorlik qilgan.

Jonli remeyk global miqyosda 1 milliard dollardan ortiq daromad yig‘ib, 2025 yilda bunday natijaga erishgan ilk Gollivud filmi bo‘ldi.

Rossiyada yozgi pirat reytingida ikkinchi o‘rin “Ajdahoni qanday o‘rgatish kerak” (420–480 million rubl), uchinchi pog‘ona esa “Minecraft in Cinema” (300–350 million rubl)ga nasib etdi. To‘rtinchi o‘rinda Bred Pitt suratga tushgan F1 sport dramasi (280–320 million rubl), beshinchi o‘rinda esa “Yura davri dunyosi: Qayta tirilish” (180–220 million rubl) qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Lilo & Stitch” Rossiyada yozning eng ko‘p pirat relizi