date

Patrik Shvartsenegger sevgilisi bilan ko‘l bo‘yida turmush qurgan

Patrik Shvartsenegger sevgilisi bilan ko‘l bo‘yida turmush qurgan

Gollivud yulduzi Arnold Shvartseneggerning o‘g‘li Patrik Shvartsenegger amerikalik model Abbi Champion bilan nikohdan o‘tdi. Juftlik o‘z munosabatlarini Aydaxo shtatidagi ko‘l qirg‘og‘ida o‘tkazilgan samimiy marosimda rasman mustahkamladi, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Abbi oqsimon rangdagi uzun yubkali va yengsiz libosda kelinlik qiyofasida ko‘rindi. Uning ko‘rinishini nafis parda to‘ldirdi. Patrik esa qora shim va ko‘ylagi bilan kelinning libosiga uyg‘un obraz yaratdi.

To‘y Coeur d'Alene ko‘li bo‘yidagi qoyada mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Marosimda aktyorning 78 yoshli otasi Arnold Shvartsenegger ham qatnashdi. Xorijiy OAVga ko‘ra, Gozzer Ranch — xususiy golf va kantri klubida o‘tkazilgan bunday uch kunlik bayramning narxi 20 ming dollardan boshlanadi.

Patrik va Abbi 2015 yildan buyon birga. Ular sakkiz yil o‘tib, 2023 yil dekabrida unashtirilganlarini e’lon qilishgandi. Aktyor Drew Barrymore shousida bu haqda so‘zlab, shunday degandi:

“Biz bir yarim yil avval unashtirilgan edik. To‘g‘ri vaqtni kutdik va bu juda ajoyib bo‘ldi.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Patrik Shvartsenegger sevgilisi bilan ko‘l bo‘yida turmush qurgan