date

50 yoshdan oshsa ham yosh ko‘rinadigan yulduzlar: ularning go‘zallik qoidalari

50 yoshdan oshsa ham yosh ko‘rinadigan yulduzlar: ularning go‘zallik qoidalari

Avvallari shou-biznes dunyosida yoshni saqlab qolish uchun qattiq dietalar, og‘ir va qimmat muolajalar asosiy yo‘l sifatida ko‘rilardi. Ammo vaqt o‘tishi bilan qarashlar o‘zgardi: endi e’tibor sportga, sog‘lom intizomga va tabiiylikka qaratilmoqda. Ba’zi mashhur ayollar o‘z hayoti va turmush tarzi bilan buni namoyon etmoqda. Ular yosh ko‘rinishni saqlab qolishda murakkab eksperimentlardan ko‘ra, oddiy, ammo izchil odatlarni ustun qo‘yishmoqda.

Holli Berri — fitnes va minimalizm quvvati

Holli Berri 59 yoshda bo‘lsa-da, ko‘pchilik uni 40 yoshdan katta deb o‘ylamaydi. Uning sirlaridan biri — sport hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani. Har hafta kamida besh marta mashg‘ulot qiladi. Mashg‘ulotlari turlicha: boks, kuch mashqlari va yoga. Har bir mashg‘ulot 30–40 daqiqadan kam bo‘lmaydi. Bu uning tana shaklini, quvvatini va teri jozibasini saqlab turadi.

Parvarishda esa u minimalizm tarafdori. Teri uchun faqat uch qadamga amal qiladi: tozalash, namlantirish va quyoshdan himoya. Berri SPF kremni hatto uyda bo‘lganda ham ishlatadi. U aromatik qo‘shimchalarsiz mahsulotlarni tanlaydi va antioksidantlarga boy sabzavot va mevalarni ratsiondan aslo chiqarmaydi.

Bu oddiy tizim unga to‘liq yordam beryapti: yuzidagi yoshliq jilosi yillar davomida saqlanib qolmoqda.

Jennifer Lopes — intizom va sog‘lom tarz

Jennifer Lopes 56 yoshda bo‘lsa-da, uning tashqi ko‘rinishi ko‘pchilikni hayratga soladi. Uning qoidasi qat’iy intizom va to‘g‘ri hayot tarzi. Alkogol va kofeindan butunlay voz kechgan, chunki ular teriga zararli ta’sir ko‘rsatib, qora dog‘lar keltirishi mumkin.

Jey Lo uyquni alohida qadrlaydi: kuniga 7–8 soat uxlmasdan o‘tmaydi. Jadvali qay darajada tig‘iz bo‘lmasin, sog‘lom uyquni ustuvor qo‘yadi.

Parvarishda murakkablik yo‘q. U ham tozalash, namlantirish va SPFdan iborat oddiy qadamlarni bajaradi. Ammo u barchasini qat’iy muntazamlik bilan amalga oshiradi. Maqsad — hech qachon makiyaj bilan uxlamaslik, har kuni ertalab va kechqurun teriga vaqt ajratish.

Muxlislar uning intizomi har qanday kosmetik protseduradan samaraliroq deyishadi. Shu sababli Jennifer yoshliq va energiya ramzi bo‘lib qolmoqda.

Shakira — energiya va tabiiy ko‘rinish

Shakira 48 yoshda bo‘lishiga qaramay, sahnadagi quvvati 20 yoshli ijrochilar bilan tenglashadi. Uning siri sport va raqsda. Fitnesdan tashqari, u raqs harakatlarini soatlab takrorlaydi. Bu uning uchun ham mashq, ham ijod.

Shakira kosmetik jihatdan tabiiylikka intiladi. Uning obrazi — minimal makiyaj, ko‘proq energiya va samimiylik. Bu yo‘l uning uslubiga aylandi.

Shakira ko‘rsatib berdi: tabiiylik va harakat hayotda cheksiz muolajalardan ko‘ra ko‘proq yordam beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 50 yoshdan oshsa ham yosh ko‘rinadigan yulduzlar: ularning go‘zallik qoidalari