"Aka-uka Super Mario kinoda" multfilmining davomi e’lon qilindi

"Aka-uka Super Mario kinoda" multfilmining davomi e’lon qilindi

Illumination va Nintendo mashhur "Aka-uka Super Mario kinoda" multfilmining davomini taqdim etdi. Yangi loyiha The Super Mario Galaxy Movie deb ataladi, deya yozdi Deadline.

Qahramonlarga yana Kris Pratt (Mario), Anya Teylor-Joy (Malika Pich), Charli Dey (Luiji), Jek Blek (Bouzer), Kigen-Maykl Ki (Toad) va Kevin Maykl Richardson (Kamek). ovoz beradi. Loyiha rejissyorlari Aaron Xorvat va Mixael Yelenik bo‘ladi. Ssenariyga Mett Fogel mas’ul.

Asl multfilm Mario va Luidji ismli santexnik aka-ukalarning ertak dunyosidagi sarguzashtlariga bag‘ishlangan edi. Davomida esa qahramonlar kosmosdagi yangi sinovlarga duch keladi. Premyera 2026 yil 3 aprelda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, "Aka-uka Super Mario kinoda" multfilmi o‘tgan yilning eng daromadli loyihalaridan biri bo‘lib, 1,3 milliard dollar kassa yig‘gan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar