
Xonanda Qilichbek Madalievning «Oshiqligimni ayting» deb nomlangan qo‘shig‘iga video-klip suratga olish ishlari yakunlandi.
Xonanda Qilichbek Madaliev 2016 yil 1 2-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan konsert dasturiga nomi berilgan taronaga video ketma-ketlik suratga oldirdi, deb xabar qildi "Diydoraziz" sayti.
Shoir Iqbol Mirzo qalamiga mansub «Oshiqligimni ayting» deb nomlangan taronaga «9999» studiyasi tomonidan video-klip suratga olindi.
Qo‘shiq musiqasi Fazliddin Rahmonovga, musiqiy sayqal esa Sobirov Bahtiyorga tegishli.
Bu xonandaning yil hisobidan ilk ijodiy ishi bo‘lib, yil davomida muxlislarga manzur bo‘lgan ko‘plab qo‘shiqlariga video-klip olishni rejalashtirgan.
Feruz Muhammad “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar