11:07 / 07.02.2017
7 212

2016 yilning eng kassabop rus filmi ma’lum qilindi

2016 yilning eng kassabop rus filmi ma’lum qilindi

Rejissyor Nikolay Lebedevning "Ekipaj" filmi Moskvada o‘tgan "Blokbaster" mukofotini topshirish marosimida 2016 yilning eng kassabop rus filmi deb topildi.

Bunda bosh mezon sifatida filmning tijorat tomondan muvaffaqiyati hisobga olingan, deb yozadi Kun nashri.

"Ekipaj" filmi prokatda 1,5 mlrd rubl yiqqan. Rejissyor Aleksandr Mittaning 1979 yildagi "Ekipaj" filmi voqealari asosida olingan film Rossiya va MDH davlatlarida 1,5 mlrd rubldan ko‘proq mablag‘ yiqqan 5 ta film qatoridan joy oldi. Yilning eng yaxshi prodyuserlari sifatida ushbu filmga prodyuserlik qilgan Nikita Mixalkov, Leonid Vereshagin va Anton Zlatopolskiy e’tirof etildilar.

Jumladan, Rossiya va MDH davlatlarida 2016 yilning eng kassabop filmlari ro‘yxatidan "O‘z joniga qasd qiluvchilar otryadi" (1,6 mlrd rubl), "Dedpul" (1,7 mlrd rubl), "Uy jonzotlarining yashirin hayoti" (2,1 mlrd rubl) filmlari joy oldi. Bu borada "Hayvonlar shahri" multfilmi rekord o‘rnatdi (2,2 mlrd rubldan ko‘proq).

Rossiyaning xorijda eng ko‘p mablag‘ yiqqan filmi "U – ajdarho" filmi (9,08 mln dollar) bo‘ldi. IMAX formatidagi yil filmi esa "Doktor Strenj" (200 mln rubldan ko‘proq), eng kassabop rus multfilmi "Ivan Sarevich va Bo‘ri-3" (750 mln rubl) bo‘ldi.

Joriy yilda "Blokbaster" mukofoti 20 yilligini nishonladi. Shu sababli joriy marosimda maxsus mukofotlar ham ta’sis qilingan. Rossiya kinosanoatining rivojlanishiga qo‘shgan hissalari uchun Nikita Mixalkov va Leonid Vereshagin ("TriTe"), Konstantin Ernst, Anatoliy Maksimov (Direksiya kino), Eduard Pichugin (Lenfilm), Sergey Selyanov (STV) maxsus mukofotlar bilan taqdirlandilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 2016 yilning eng kassabop rus filmi ma’lum qilindi