Evanjelin Lilli miya jarohatidan keyingi asoratlarni aytdi

«Xobbit», «Ostatsa v jivix» va Marvel’ning «Chumoli-odam» loyihalaridagi roli bilan tanilgan aktrisa Evanjelin Lilli may oyida (2025) yiqilib tushganidan so‘ng miya jarohati tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, tibbiy skanerlash natijalari miyaning deyarli barcha hududlarida faollik pasayganini ko‘rsatgan. Endi aktrisani shifokorlar bilan birga uzoq davom etadigan tiklanish jarayoni kutmoqda.
Lilli bu holat unga hayot ritmini sekinlashtirish, ko‘proq dam olish zarurligini anglatganini ta’kidladi. Shuningdek, u muxlislar tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdor ekanini bildirdi.
«Menda chindan ham bosh miya shikastlanishi bor, buning sababi bosh miya jarohati, ehtimol boshqa omillar ham bordir», — dedi aktrisa. «Endi vazifam — buni shifokorlar bilan aniqlash va keyin vaziyatni tuzatish bo‘yicha murakkab ishni boshlash. Buni intiqlik bilan kutmayapman, chunki butun hayotim ham og‘ir mehnatdan iboratdek tuyuladi».
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzidan og‘ir jarohat olganidan keyin kuzatilgan kognitiv pasayish ham 2025 yilni xotirjamroq yakunlash uchun sekinlashishga majbur qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!