date

Shirin Zoitovaning “Bittasi” taronasi muxlislar e’tiborini qozondi (audio)

Shirin Zoitovaning “Bittasi” taronasi muxlislar e’tiborini qozondi (audio)

Xonanda Shirin Zoitova kecha, 4 fevral kuni soat 19:00 da YouTube platformasida o‘zining yangi “Bittasi” nomli qo‘shig‘ining premyerasini taqdim etdi.

Mazkur taronaning musiqasi va matni Nodir Zoitovga tegishli. Yangi qo‘shiq qisqa fursat ichida tinglovchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Premyeradan so‘ng oradan ko‘p vaqt o‘tmay, tarona qariyb 10 ming marotaba tinglandi.

Har bir insonning hayotida minglab yuzlar orasidan ajralib turadigan, yurakni o‘zgacha bir his bilan to‘ldiradigan o‘sha 'bittasi' bo‘ladi. Bu qo‘shiq ana shunday insonni topish, uning nigohlarida o‘z aksini ko‘rish va butun dunyoni unutishga majbur qiladigan sehrli tuyg‘ular haqida hikoya qiladi.

Shirin Zaitovaning mayin va jozibali ovozi har bir notada aks-sado berib, tinglovchini orzular olamiga yetaklaydi. Musiqa ohanglari qalbning eng nozik torlariga tegib, sog‘inch, umid va cheksiz muhabbat hislarini uyg‘otadi. Bu shunchaki qo‘shiq emas, balki ikki qalbning bir butunga aylanishi haqidagi lirik bir bayondir.

Muxlislar yangi ijodni ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilib, Shirin Zoitovaning ijrosini iliq fikrlar va ijobiy izohlar bilan kutib oldi. Yangi qo‘shiq xonandaning ijodida yana bir muhim yangilik sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shirin Zoitovaning “Bittasi” taronasi muxlislar e’tiborini qozondi (audio)