date

Ozoda Nursaidova muxlislarini yangi premyera bilan xursand qiladi

Ozoda Nursaidova muxlislarini yangi premyera bilan xursand qiladi

Xonanda Ozoda Nursaidova yana bir yangi qo‘shig‘ini ertaga, 6 fevral kuni premyera qilinishini ma’lum qildi. Ushbu xabar xonandaning muxlislari uchun ayni paytda quvonchli va kutilgan yangilik bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, yangi tarona “O‘rnimda bo‘lsang” deb nomlanadi va u ertaga soat 19:00 da Ozoda Nursaidovaning rasmiy YouTube kanalida taqdim etiladi.

Yangi qo‘shiq e’lon qilingach, muxlislar ijtimoiy tarmoqlar va YouTube sahifasidagi izohlarda taronani intiqlik bilan kutayotganliklarini yozib qoldirishmoqda. Ko‘plab tinglovchilar xonandaning navbatdagi ijodi ham qalblarga yetib borishiga ishonch bildirmoqda.

Yangi premera Ozoda Nursaidovaning ijodida yana bir muhim yangilik bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ozoda Nursaidova muxlislarini yangi premyera bilan xursand qiladi