Sardor Milano Angliyaning X-Factor loyihasiga taklif etildi


«Glavnaya ssena» loyihasi g‘olibi Sardor Milanoni Angliyaning X-Factor shousidan taklif oldi. Bu haqda «Uz24»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Qo‘shiqchi «Glavnaya ssena» va X-Factor loyihalarida qatnashish uchun talabnomalarni baravar jo‘natgandi. Endi uni tinglab ko‘rish uchun Angliyadan taklif keldi.
2004 yildan boshlab efirga uzatilayotgan Britaniyaning X-Factor televizion shou dasturi muxlislar o‘rtasida katta shuhratga erishgan.
O‘zbekistonlik Sardor Milano «Glavnaya ssena» loyihasidagi ishtiroki va g‘alabasidan so‘ng keng ommaga tanildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…