Ozoda Nursaidova Uchko‘prikda daraxt ekdi (video)

1 daqiqa o'qish2.8K
Ozoda Nursaidova Uchko‘prikda daraxt ekdi (video)

O‘zbek estradasining mashhur vakili Ozoda Nursaidova o‘zining Instagram sahifasida muxlislarini xursand qiladigan yangi video bilan bo‘lishdi. Unda xonandaning daraxt ekayotgani aks etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, xonanda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumaniga tashrif buyurgan. Bahor fasli munosabati bilan yurtimizda o‘tkazilayotgan hashar tadbirlarida u ham faol ishtirok etib, tabiatni asrashga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida daraxt ekdi.

Ozoda Nursaidova barcha yurtdoshlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy tabriklab, atrof-muhitga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. U hech bo‘lmaganda har bir inson bittadan daraxt ekib, tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerakligini ta’kidladi.

Xonanda video ostida hazil aralash yozuv ham qoldirgan: “Uchko‘priklilar, ekkan daraxtimga qarab turinglar”.

Qisqa fursatda ushbu video muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Obunachilar xonandaning bu tashabbusini yuqori baholab, unga minnatdorlik bildirgan holda bunday ezgu ishlar boshqalarga ham o‘rnak bo‘lishini ta’kidlashdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?