date

Ra’no Yarasheva qaynonasi haqida samimiy sirlarini ochdi (video)

Ra’no Yarasheva qaynonasi haqida samimiy sirlarini ochdi (video)

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ra'no Yarasheva “Mening oshxonam” loyihasida ishtirok etib, qaynonalar, xususan o‘z qaynonasi bilan bo‘lgan iliq munosabatlari haqida samimiy xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Aktrisaning aytishicha, qaynonasi unga doimo mehr bilan munosabatda bo‘lgan. “Sochlarimni yuvganimda juda xursand bo‘lib, meni quchoqlab, o‘rib qo'yardilar”, — deya eslaydi u.

Ra’no Yarasheva oilasida 5 opa-singil bo‘lganini aytib, ularning barchasi turmushga chiqqan joylarida qaynonalarini rozi qilganini ham ta’kidladi. “Ish bilmasang, gap bil”, deyishadi-ku — men ham gap bilib, baribir qaynonamni rozi qilganman”, — deydi u kulib.

Suhbat davomida boshlovchi aktrisadan "Qaynonangizdan olgan o‘rnaklaringizni o‘z hayotingizda qo‘llayapsizmi?" deb so‘radi. Bu savolga javoban u ochiq fikr bildirdi: “Qaynonamdagi ayrim fazilatlar menda yo‘q. U kishi juda sabrli ayol edilar. 5 o‘g‘il va 3 qizni katta sabr bilan voyaga yetkazganlar. Qachon nima yegilari kelsa, erinmasdan tayyorlab berardilar. Juda pazanda inson edilar”.

“Qaynonam hamma narsaga sabr qilardilar — boriga ham, yo‘g‘iga ham. Men esa unday emasman. Nimani xohlasam, qanday bo‘lmasin, unga erishishim yoki uni amalga oshirishim kerak”, — deya fikrlarini yakunladi.

Mazkur suhbat tomoshabinlarga nafaqat oilaviy qadriyatlar, balki kelin-qaynonalar o‘rtasidagi hurmat va mehr naqadar muhim ekanini yana bir bor eslatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ra’no Yarasheva qaynonasi haqida samimiy sirlarini ochdi (video)