Huvaydo Jumayeva turmushi haqida kutilmagan sirlarni ochdi
![]() | |||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
O‘zbek kino va teatr san’atida o‘z o‘rniga ega aktrisa Huvaydo Jumayeva shaxsiy hayoti, ijoddagi mashaqqatli yo‘li va oilasi haqidagi samimiy fikrlari bilan muxlislar e’tiborini tortdi. Aktrisa intervyulardan birida rol ijro etayotganda butunlay obrazga kirib ketishi, hatto o‘zligini ham unutib qo‘yishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, sahna va kamera oldidagi mas’uliyat insonning har qanday charchog‘ini unuttirar ekan.
Huvaydo Jumayeva ijodining ilk davrlarini eslar ekan, o‘sha paytlarda juda sodda inson bo‘lganini tan oldi. Uning fikricha, yillar davomidagi mashhurlik va atrofdagilarning maqtovlari inson xarakteriga ham ta’sir o‘tkazar ekan. Aktrisa mashhurlikka osonlik bilan erishmaganini ham ta’kidladi. Institutni tugatgach, turli kastinglar, sinovlar va uzoq kutilgan imkoniyatlar ortidan yurganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalq mehri va e’tirofiga yetishish uchun qariyb 18 yil sabr qilishga to‘g‘ri kelgan.
Suhbat davomida aktrisa shaxsiy hayoti haqida ham kutilmagan iqrorlar qildi. U turmush o‘rtog‘i bilan oila qurishga dastlab ichki istaksiz rozi bo‘lganini yashirmadi. Aytishicha, o‘sha vaqtda qarindoshlar va yaqinlar bosimi, shuningdek, “nega turmush qurmayapsan?” degan savollar uni qattiq charchatgan. Biroq to‘y kuni kuyovni ko‘rganidan keyin barcha fikri o‘zgarganini aytgan aktrisa, aynan o‘sha lahzadan turmush o‘rtog‘ini chin dildan yaxshi ko‘rib qolganini ta’kidladi.
Bugungi kunda Huvaydo Jumayeva o‘zini baxtli ona va turmush o‘rtog‘i sifatida his qilishini aytib, oilasi sabri va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdor ekanini bildirdi. | |||||||||||||||||||||||||||||



