date
views 10 450

“Mahobhorat” va hind prodyuserlari bilan ishlashni istamagan Shohruh Xon

“Mahobhorat” va hind prodyuserlari bilan ishlashni istamagan Shohruh Xon
Bollivud qiroli Shohruh Xon navbatdagi filmini “Mahobhorat” epopeyasi asosida suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda hind OAVgo asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.

“Mahobhorat”ni ekranlashtirish mening eng katta orzuim. Bu haqda bir necha yillar oldin o‘ylagandim, lekin endi mablag‘im etarli. Film suratga olaman, ammo qanchalik yaxshi chiqishiga ishonmayman. Baribir harakat qilib ko‘raman, faqat hind prodyuserlari bilan emas”, deydi Shohruh Xon o‘z intervyusida.

Hindistonlik prodyuserlar bilan ishlashni istamaganiga aktyor quyidagicha izoh berdi:

“Hind prodyuserlari va hind filmlarining bozori cheklangan, chetga chiqishi qiyin. Shuning uchun xorijiy prodyuserlar bilan hamkorlik qilish kerak. Ayniqsa, “Mahobhorat”dek asar bilan”.

“Mahobhorat” filmini suratga olish ishlari qachon boshlanishi haqida Shohruh Xon shunday javob berdi:

“Hozir juda bandman. Agar vaqtim bo‘lsa, jon deb avvalo shu ishga qo‘l uraman”.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Mahobhorat” va hind prodyuserlari bilan ishlashni istamagan Shohruh Xon