18:12 / 11.06.2015
7 594

«O‘zbeknavo»ning mas’ul xodimi xonandaning lisenziyasini uzaytirish uchun 200 dollar pora so‘radi

«O‘zbeknavo»ning mas’ul xodimi xonandaning lisenziyasini uzaytirish uchun 200 dollar pora so‘radi

Qo‘shiqchilar o‘z faoliyatini maxsus lisenziyalar asosida olib borayotganliklari ularga yanada samarali ijod qilish mas’uliyatini yuklamoqda. Shunday bo‘lsa-da, xonandalarning faoliyatini lisenziyalashda «O‘zbeknavo» estrada birlashmasining hududlardagi ayrim bo‘limlarida tamagirlik holatlari ham uchrab turibdi. Bu haqda «Huquq» gazetasiga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Xonandalik faoliyatini olib borish uchun olgan dastlabki lisenziyasining muddati tugagan ayol xonanda «O‘zbeknavo» estrada birlashmasining o‘zi ijod qilayotgan hududidagi bo‘limiga murojaat qilib, lisenziyasining muddatini uzaytirib berishlarini so‘raydi. Bundan birlashmaning bo‘lim boshlig‘i o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolmoqchi bo‘ladi. U xonandaga 200 AQSh dollari bersa, yangi lisenziya rasmiylashtirib berishini aytadi.

Bo‘lim boshlig‘ining talabi qonunga zid bo‘lib, jinoyat ekanligini tushungan xonanda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qildi. Nafsining yo‘rig‘iga yurib, mansabidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘z xizmat xonasida 200 AQSh dollari olayotgan paytda SVOJJDLQK departamentining Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi unga nisbatan qilmishiga yarasha jazo tayinlab, hukm chiqardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «O‘zbeknavo»ning mas’ul xodimi xonandaning lisenziyasini uzaytirish uchun 200 dollar pora so‘radi