Surayyo Qosimova yana muxlislarini quvontirdi: “Trend-Brend” premyera qilindi (video)

O‘zining betakror ovozi va yillar davomida shakllangan ijodiy uslubi bilan muxlislar mehrini qozongan xonanda Surayyo Qosimova navbatdagi musiqiy yangiligini taqdim etdi. San’atkorning uzoq vaqtdan buyon kutilgan “Trend-Brend” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklip 17 iyul kuni soat 19:00 da YouTube platformasida premyera qilindi.
Qo‘shiq premyera qilinishi bilan qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini tortishga muvaffaq bo‘ldi. Videoklip ostida muxlislar yangi ijod namunasini iliq kutib olganini bildirib, taronaning ohangi, mazmuni va Surayyo Qosimovaning ijrosiga yuqori baho berishmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ham qo‘shiq keng muhokama qilinmoqda. Izohlarda ko‘plab muxlislar xonandaga samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘llab, “Trend-Brend” uning navbatdagi muvaffaqiyatli ijod namunalaridan biriga aylanishiga ishonch bildirgan.






























Izohlar 0
…