Xonzoda Do‘stova: “Ayollar erkaklardan ham ko‘proq pul topyapti” (video)

Xonanda va bloger Xonzoda Do‘stova "Chotki TV" loyihasiga bergan intervyusida bugungi kunda oila va jamiyatdagi ayol hamda erkaklarning o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. San’atkorning ayollar iqtisodiy mustaqilligi haqidagi mulohazalari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Xonzodaning ta’kidlashicha, hozirgi davrda ko‘plab ayollar o‘z mehnati bilan erkaklardan ham ko‘proq daromad topmoqda. Uning fikricha, aynan shu holat ayrim ayollarda turmush o‘rtog‘iga ehtiyoj yo‘q degan qarashni shakllantirmoqda.
"Hozirgi kunda ayollarning o‘zi juda ko‘p pul topyapti. Kerak bo‘lsa, erkaklardan ham ko‘proq daromad topyapti. Shuning uchun ham ayrim ayollar erini bir tiyinga olmay qo‘ygan. 'Menga er kerak emas, farzandim bor, o‘zim ham uni bemalol boqaman', degan fikr paydo bo‘lgan. Lekin ular bir narsani unutmasligi kerak — har bir ayolning hayotida suyanch bo‘ladigan turmush o‘rtog‘i bo‘lishi muhim. Hozir ayollar hayotida erning o‘rni yo‘qolib borayotgandek", — dedi u.
Intervyudan olingan ushbu parcha ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar Xonzoda Do‘stovaning fikrini qo‘llab-quvvatlab, oilada erkak va ayolning o‘rni bir-birini to‘ldirishi kerakligi haqida o‘z qarashlarini bildirib o‘tishmoqda. Ayrim kuzatuvchilar esa mavzu yuzasidan turlicha fikr bildirgan.






























Izohlar 0
…