Kameradan tashqarida ham muvaffaqiyat: Shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan turk yulduzlari (foto)

Turk seriallari orqali millionlab muxlislar mehrini qozongan ko‘plab aktyor va aktrisalar nafaqat san’at, balki tadbirkorlik sohasida ham o‘zlarini sinab ko‘rmoqda. Ularning ayrimlari restoran va qahvaxonalar ochgan bo‘lsa, boshqalari oziq-ovqat yoki ko‘ngilochar biznesga sarmoya kiritib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Burak Ozchivit

Bir qator mashhur seriallar orqali dunyoga tanilgan Burak Ozchivit aktyorlik bilan bir qatorda restoran biznesiga ham kirib kelgan. U Istanbulda “Balibey Doner” nomi ostida faoliyat yurituvchi zamonaviy ovqatlanish maskaniga egalik qiladi.
Meryem Uzerli

“Muhtasham yuz yil” serialidagi Hurram Sulton obrazi bilan mashhur bo‘lgan Meryem Uzerli biznesini Turkiyada emas, Germaniyada yo‘lga qo‘ygan. Aktrisa Berlin shahrida “Nosh Nosh” nomli shinam va zamonaviy qahvaxona ochib, mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Erkan Petekkaya

“Chilparchin” seriali orqali mashhurlikka erishgan Erkan Petekkaya ham restoran biznesini tanlagan. U Istanbulning Beykoz tumanida joylashgan mashhur restoranlardan birining egasi hisoblanadi.
Chagatay Ulusoy

“Ichkarida” seriali yulduzi Chagatay Ulusoy ham biznes olamida o‘z o‘rniga ega. Aktyor choy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xususiy kompaniyaga egalik qiladi va ushbu yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda.
Engin Ozturk va Barish Arduch

“Muhtasham yuz yil” serialida suratga tushgan Engin Ozturk va uning yaqin do‘sti, taniqli aktyor Barish Arduch tadbirkorlikni hamkorlikda boshlagan. Ular Istanbulning nufuzli Nishantashi tumanida tungi klub ochib, ushbu biznesni birgalikda boshqarib kelmoqda.






























Izohlar 0
…