Farzand barakasi: Temur va Farida yangi uyga ko‘chdi

Farzand barakasi: Temur va Farida yangi uyga ko‘chdi

Mashhur blogerlar Temur va Farida muxlislarini quvonchli yangilik bilan xursand qildi. Yosh oila yangi uy xarid qilganini ma’lum qilib, bu yutuq ortida katta sabr, mehnat va ishonch yotganini ta’kidladi.

Temurning aytishicha, hayoliga ham kelmagan ulkan brendlar bilan hamkorlik qilishni boshlashan va aprel oyida ular uyni hatto 100 foiz naqd pulga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishagan.

Bloger o‘z kuzatuvchilari bilan samimiy fikrlarini bo‘lishar ekan, turmush qurish yoki farzandli bo‘lishdan cho‘chimaslik kerakligini ta’kidladi.

“Uyimizga kirib kelgan har bir mehmon o‘z rizqi va barakasi bilan keladi. Allohning rejalari biz o‘ylagandan ham go‘zal bo‘lar ekan”, deya fikr bildirdi u.

Temur va Faridaning yangi uy xaridi ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Muxlislar yosh oilani navbatdagi katta qadami bilan tabriklab, ularga baxt, fayz va qut-baraka tilamoqda.

Ko‘pchilik ushbu voqeani oiladagi mehr, ishonch va mehnatning yorqin natijasi sifatida baholamoqda. Blogerlar esa yangi xonadonda yanada ko‘proq ezgu maqsadlarni amalga oshirish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar