Mirsodiqova Shoiraning kutilmagan hayot yo'li ochiqlandi (video)

Mirsodiqova Shoira intervyularidan birida boshlovchilik sohasiga kirib kelguniga qadar bosib o'tgan hayot yo'li haqida samimiy gapirib berdi.
Uning aytishicha, dastlab ota-onasi jurnalist, boshlovchi bo'lishiga qarshi bo'lgan. Shu sababli Shoira turli kasblarda o'zini sinab ko'rishga majbur bo'lgan.
“Ota-onam jurnalist bo'lishimga qarshi edi. Meni turli sohalarga yo'naltirishdi. Tikuvchi, tortchi, sartaroshga ham shogird bo'lganman,” — deydi u.
Shoira o'qish davridagi qiziqarli voqealarni ham eslab o'tdi. U oliy matematika fanidan tayyorlanib, ustozining yordamida imtihonlarga o'ziga xos usulda tayyorgarlik ko'rganini kulib hikoya qiladi.
Shuningdek, u Turkiyaga borib, turli tovarlar olib kelib sotgan, ikkita bankda, Savdo-sanoat palatasida hamda “Kamolot” Prezident akademiyasida faoliyat yuritganini ham ta'kidladi.
“Bir paytlar o'ylagandimki, o'rganganlarim boshlovchilik faoliyatimga umuman kerak bo'lmaydi. Ammo bugun tushunyapman — aynan shu tajribalar menga katta yordam beryapti,” — deydi Shoira.
Uning fikricha, turli sohalarda orttirgan tajribasi sabab bugun har xil kasb egalari bilan bemalol muloqot qila oladi va ularni yaxshi tushunadi.
“Hozir shaxsiy brendim rivojlanmoqda. Avvallari faqat san'atkorlar bilan suhbatlashgan bo'lsam, endi turli soha vakillari bilan ham erkin gaplasha olaman. Tajribam sabab ular meni alday olishmaydi,” — deya kulib qo'shimcha qiladi u.
Shoiraning hayot yo'li shuni ko'rsatadiki, har bir tajriba — kelajakdagi muvaffaqiyat uchun muhim poydevordir.





























Izohlar 0
…