Rayhon G‘aniyeva agar kinoga qaytsa kim bilan partnyor bo‘lishni xohlaydi?

Rayhon G‘aniyeva agar kinoga qaytsa kim bilan partnyor bo‘lishni xohlaydi?
Qisqacha

O'zbekistonning taniqli xonandasi va aktrisasi Rayhon G'aniyeva intervyularidan birida agar kino olamiga qaytsa, Gollivud yulduzlari Brad Pitt yoki Tom Kruiz bilan birga rol ijro etishni xohlashini bildirdi. San'atkorning hazil va samimiyatga yo'g'rilgan bu javobi muxlislar orasida iliq munosabat uyg'otdi. Ko'pchilik xonandaning aktyorlik faoliyatini yaxshi eslab, uni yana katta ekranlarda ko'rishni istashini ma'lum qilmoqda.

O‘zbekistonning taniqli xonandasi va aktrisasi Rayhon G‘aniyeva intervyularidan birida qiziqarli savolga samimiy javob berdi. Undan agar yana kino olamiga qaytsa, qaysi aktyor bilan birga rol ijro etishni xohlashi so‘ralgan.

Rayhon bu savolga hazil va samimiyat bilan javob berib, dunyoga mashhur Gollivud yulduzlarini tilga oldi.

“Brad Pitt, nimaga yo‘q? Uni yaxshi ko‘raman. Yoki Tom Kruiz”, — dedi san’atkor.

Xonandaning bu javobi muxlislar orasida iliq munosabat uyg‘otdi. Ko‘pchilik Rayhonning aktyorlik faoliyatini ham yaxshi eslab, uni yana katta ekranlarda ko‘rishni istashini bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar