Zebo Rahimova bu safar Rapunsel multifilmidagi qasrni hayotda ko‘rganidan hayratda!

Bloger Zebo Rahimova Fransiyaning mashhur sayyohlik maskanlaridan biri bo'lgan Mon-Sen-Mishel qasriga tashrif buyurdi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ushbu tarixiy obidaning me'morchiligi va atrofdagi manzaralarni namoyish etdi. Bloger mazkur qasr "Rapunsel" multfilmidagi saroyga juda o'xshashligini va bu joy unda go'yo ertaklar olamiga tushib qolgandek taassurot qoldirganini yozdi. U qasrning betakror muhiti hamda go'zal manzaralaridan qattiq hayratlanganini yashirmadi.
Bloger Zebo Rahimova xorij bo‘ylab sayohatini davom ettirmoqda. Bu safar u Fransiyaning eng mashhur sayyohlik maskanlaridan biri — Mon-Sen-Mishel qasriga tashrif buyurib, u yerdan olgan taassurotlarini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va fotosuratlarda bloger tarixiy obida atrofidagi manzaralar, qasr me’morchiligi hamda sayohatdan lavhalarni namoyish qildi.
Zebo Rahimova videoga izoh sifatida shunday yozdi:
"Mon-Sen-Mishel qasrini ko‘pchilik “Rapunsel” multfilmidagi saroyga o‘xshatadi. Men ham shu yerga keldim. Rostdan ham juda o‘xshar ekan. Fransiya".
Blogerning aytishicha, mazkur joy unda go‘yo ertaklar olamiga tushib qolgandek taassurot qoldirgan. U qasrning betakror muhiti va go‘zal manzaralaridan hayratlanganini yashirmadi.































Izohlar 0
…