Sevinch Ismoilova “Avtobus” qo‘shig‘i bilan yana e’tiborni tortdi (video)

Sevinch Ismoilova “Avtobus” qo‘shig‘i bilan yana e’tiborni tortdi (video)

Xonanda Sevinch Ismoilova bugun soat 19:00 da “Avtobus” nomli yangi qo‘shig‘ini premyera qildi. Yangi tarona qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini tortib, ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda.

Qo‘shiq syujeti tasodifiy boshlangan sevgi hikoyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ikki insonning aynan avtobusda uchrashib, his-tuyg‘ulari shakllana boshlagani tasvirlanadi. Oddiy hayotiy vaziyat asosida yaratilgan bu tarona o‘zining samimiyligi bilan ajralib turadi.

Tinglovchilar qo‘shiqni iliq kutib olib, izohlarda ijobiy fikrlarini qoldirishmoqda. Ko‘pchilik uning mazmuni va ohangini yuqori baholab, xonandaga keyingi ijodlarida ham omad tilashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar