“Onam xohlaganidek shifokor qizga uylanyapman” — Shahzod Sultonov

Shahzod Sultonov shaxsiy hayoti bilan bog‘liq yangiliklari orqali muxlislar diqqat markaziga tushib qoldi. Uning bo‘lajak nikohi haqidagi gaplari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, “Onam har doim kelinim shifokor bo‘lishini istayman, deb niyat qilib yurar edilar.” Shahzodning ta’kidlashicha, bo‘lajak rafiqasi tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi shifokor qiz bo‘lib, u oilaviy qadriyatlarga sodiqlik va hurmatni birinchi o‘ringa qo‘yadi.
U “Instagram"ga qiziqmasligini bilgach, 'menbop qiz ekan' deb o‘yladim. Keyin esa uning oddiylikni afzal ko‘rishi va internet dunyosiga berilib ketmaganiga hayron qoldim. 'Shunday qizlar hali ham bormi?' degan savol o‘zi-o‘zidan xayolimdan o‘tdi.”





























Izohlar 0
…