“Aladdin” taronasi premyerasi: VIA Marokand muxlislarni sehrli olamga chorlaydi (video)

“Aladdin” taronasi premyerasi: VIA Marokand muxlislarni sehrli olamga chorlaydi (video)

VIA Marokand jamoasining “Aladdin” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan klip 19 iyun kuni YouTube platformasida taqdim etildi. Premyera qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini tortib, ijobiy fikrlarga sabab bo‘lmoqda.

“Aladdin” taronasi o‘zining sehrli ohangi bilan tinglovchini go‘yo ertaklar olamiga olib kiradi. Har bir nota xuddi uchuvchi gilamda yulduzli osmon uzra sayohat qilayotgandek taassurot uyg‘otadi. Bu qo‘shiq nafaqat musiqiy asar, balki orzular ushalishi, sevgi mo‘jizalarga qodirligi va har bir inson qalbida o‘z “Aladdini” yashashi haqidagi go‘zal hikoyani ifodalaydi.

Qo‘shiqning so‘z va musiqasi Eldor Qayumovga tegishli bo‘lib, u o‘ziga xos uslub va mazmun bilan ajralib turadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham ushbu tarona iliq kutib olinmoqda. Izohlarda muxlislar jamoaga omad tilab, ularning ijodini yuqori baholashmoqda va yangi qo‘shiqni qayta-qayta tinglayotganini yozib qoldirishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar