“Andijon polkasi” Ginnes rekordini zabt etdi (video)

Bugun, 24 iyun kuni Andijon shahridagi "Bobur arena" stadionida ulkan madaniy voqea bo‘lib o‘tdi. Unda 20 ming nafarga yaqin ishtirokchi bir vaqtning o‘zida “Andijon polkasi” raqsini ijro etdi.
Mazkur ommaviy chiqish orqali o‘zbek milliy raqs san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish va rekord o‘rnatish maqsad qilingan edi. Natijada andijonliklar bu vazifani muvaffaqiyatli uddalab, Guinness World Records sahifalaridan joy olishga erishdi.
Tadbir Andijonning 2026 yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti sifatida e’tirof etilgani munosabati bilan o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli tantanalar doirasida tashkil etildi.
Mutaxassislar fikricha, bu nafaqat rekord, balki O‘zbekistonning boy madaniy merosini dunyoga namoyon etgan muhim tarixiy voqea bo‘ldi.






























Izohlar 0
…