Yulduz Usmonova “Ummon”ning Buxoroda bekor qilingan konsertiga o‘zining keskin fikrlarini bildirdi (video)

Yulduz Usmonova “Ummon”ning Buxoroda bekor qilingan konsertiga o‘zining keskin fikrlarini bildirdi (video)
Qisqacha

17 iyul kuni Buxoroda "Ummon" guruhining rejalashtirilgan konserti chiptalar savdosi yetarli bo'lmagani va xarajatlar qoplanmagani sabab o'tkazilmadi. 7 avgust kuni Buxoroda konsert bergan Yulduz Usmonova san'atkor tomoshabinlarning vaqti va ishonchini hurmat qilishi, moliyaviy muammolar sabab konsertni bekor qilib ketmasligi kerakligini aytdi. Uning fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida turlicha munosabatlarga sabab bo'ldi.

17 iyul kuni Buxoroda "Ummon" guruhining konserti o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Tadbir avvaldan e’lon qilingan, chiptalar ham sotuvga chiqarilgan. Ammo konsert kutilganidek bo‘lmadi va guruh sahnaga chiqmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunga chiptalar savdosi yetarli darajada bo‘lmagani hamda konsert bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmagani sabab bo‘lgan.

7 avgust kuni Buxoroda konsert bergan Yulduz Usmonova mazkur holatga munosabat bildirdi. Xonanda san’atkorning tomoshabin oldidagi mas’uliyati haqida gapirib, konsertga kelgan odamlarning vaqti va ishonchini hurmat qilish kerakligini aytdi.

"Ozmi-ko‘pmi odam vaqtini sening konsertiңga ajratib kelibdi. Pulni keyin hal qilasan, konsertni bekor qilib ketishga haqqing yo‘q", dedi Yulduz Usmonova.

Xonandaning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Foydalanuvchilar orasida uni qo‘llab-quvvatlaganlar ham, konsertni tashkil etishda moliyaviy tomonni ham inobatga olish kerakligini aytganlar ham bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar