
5 may kuni maftunkor xonanda Shahzodaning Farrux Zokirov bilan ijro etgan «Chinara» taronasiga ishlangan klip keng omma hukmiga taqdim etildi. Mazkur tarona «Yalla» guruhining 1995 yildagi Boroda verblyuda nomli musiqiy albomidan o‘rin egallagan, deb yozadi hordiq.uz.
Qo‘shiq matni Larisa Rubalskaya mansub. Musiqa muallifi Farrux Zokirov. Musiqiy sayqali ustida Ubaydulla Karimov, Benom guruhi a’zolari Sarvar va Komil ish olib borganlar.
Klip rejissyori Jamshid Xojiniyozov. Syujet janrida suratga olingan klipda, o‘tmishning unitilmas sahifalariga murojaat etilgan. Klipda Dilbar Ikromova, Muxammadali Iskandarov, Yulduz Rajabova va boshqalar suratga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar