Abbosbek Fayzullayevning ixcham to‘yi muxlislar muhokamasiga sabab bo‘ldi! (video)

Abbosbek Fayzullayevning ixcham to‘yi muxlislar muhokamasiga sabab bo‘ldi! (video)

O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayevning to‘yi va kelin salom marosimidan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Kadrlarda to‘y marosimi ixcham va oilaviy muhitda o‘tganini ko‘rish mumkin. Futbolchining muxlislari yosh oilaga samimiy tilaklar bildirib, baxt va totuvlik tilamoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari marosimning dabdabasiz o‘tganiga alohida e’tibor qaratgan. Ayrimlar buni futbolchining shaxsiy tanlovi sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar oddiy va kamtarona to‘y o‘tkazilganini ijobiy qabul qilgan.

Tarqalayotgan xabarlarda Abbosbek Fayzullayevning katta to‘y qilish imkoniyati bo‘lsa-da, marosimni ixcham shaklda o‘tkazishni o‘zi istagani aytilmoqda. Biroq bu haqda futbolchining o‘zi yoki uning yaqinlari rasmiy izoh bermagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar