Yana bir xonandaning litsenziyasi olib qo‘yildi!

Yana bir xonandaning litsenziyasi olib qo‘yildi!
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan xonanda Shahnoza Otaboyevaning litsenziyasi olib qo‘yildi. Bu haqda muassasa saytida xabar berildi.
“Litsenziat Shahnoza Otaboyeva bilan tuzilgan lisenziya bitimining 4.2.5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilgani sababli ushbu xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga asosan 2017 yil 1 iyundan tugatilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabar so‘ngida shunday deyilgan: «Vatanga xizmat qilish mas’uliyati bizni tark etmasin!»

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar