“O‘zbekkonsert” yana bir xonandani litsenziyasidan mahrum qildi

“O‘zbekkonsert” yana bir xonandani litsenziyasidan mahrum qildi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bugun, 12 iyun kuni yana bir xonandaning litsenziyasini olib qo‘ydi. Bunga sabab qilib shartnoma shartlari qo‘pol ravishda buzilgani ko‘rsatildi.

“Litsenziat Dilmurod Sultonov bilan tuzilgan lisenziya bitimining 4.2.5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilgani sababli, ushbu xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan 2017 yil 12 iyundan tugatilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun kunidan xonanda Shahnoza Otaboyevaning litsenziyasi ham olib qo‘yilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar