Diyora Keldiyorova qizalog‘i bilan: sportchi ilk bor qizining yuzini ko‘rsatdi (video)

Diyora Keldiyorova qizalog‘i bilan: sportchi ilk bor qizining yuzini ko‘rsatdi (video)

O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova ijtimoiy tarmoqlarda qizalog‘i bilan tushgan videosini e’lon qildi. Sportchi avvalroq farzandining yuzini ommaga ko‘rsatmay kelayotgan edi.

U yangi videoga samimiy izoh qoldirib, qizalog‘i uning hayotidagi eng katta yutug‘i ekanini ta’kidladi.

"MashaAllah! Hayotdagi eng katta yutug‘im — mening qizim. Har tongimiz shunaqa quchoqlashish bilan boshlanadi. Har bir quchoqlashi meni energiyaga to‘ldiradi!" — deb yozdi Diyora Keldiyorova.

Video muxlislarning e’tiborini tortdi. Izohlarda ko‘pchilik qizaloqning onasiga o‘xshashligini ta’kidlab, unga chiroyli tilaklar bildirmoqda. Kuzatuvchilar sportchining farzandiga baxtli bolalik, sog‘lik va porloq kelajak tilashmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar