Doston Ergashev yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi: klipda Aziz Rametov ham suratga tushdi (video)

Doston Ergashev yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi: klipda Aziz Rametov ham suratga tushdi (video)

Xonanda Doston Ergashev muxlislariga yangi taronasini taqdim etdi. San’atkor bugun, 17 oktyabr kuni YouTube kanalida “Janona” nomli qo‘shig‘ini e’lon qildi.

Qo‘shiq qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini tortdi. To‘rt soat ichida uni qariyb 12 ming marta tomosha qilishdi. Shuningdek, qo‘shiq ostida ko‘plab iliq fikrlar qoldirilmoqda.

Videoklipda aktyor Aziz Rametovni ham ko‘rish mumkin. U uzoq davom etgan davolanishdan so‘ng yana ijodga qaytib, ushbu klipda ham suratga tushgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Doston Ergashevning yangi ijodiy ishiga ijobiy baho berib, xonandaga omad va muvaffaqiyat tilamoqda.

Siz “Janona” taronasini tinglab ko‘rdingizmi? Qo‘shiqqa 1 balldan 10 ballgacha baholash imkoniyati bo‘lsa, necha ball qo‘ygan bo‘lardingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar