Shoxjahon Jo‘rayev muxlisasiga sahnada qo‘shiq kuylashga imkon berdi (video)

Shoxjahon Jo‘rayev muxlisasiga sahnada qo‘shiq kuylashga imkon berdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Shoxjahon Jo‘rayevning konserti davomida muxlisalaridan biri sahnaga chiqib, uning “Gulim” nomli qo‘shig‘idan parcha kuylagani aks etgan videolar tarqaldi.

Videoda tomoshabinlar xonandaga gullar taqdim etayotgani, ular orasida Tojikistondan kelgan muxlisa ham borligi ko‘rinadi. U san’atkorga gul berib, “Gulim” qo‘shig‘idan ozgina kuylab berishga ruxsat so‘raydi. Shoxjahon Jo‘rayev esa uning ushbu taronani kuylashini bilishini so‘rab, sahnada qo‘shiq aytishiga rozilik bildiradi.

Muxlisa qo‘shiqdan parcha ijro etganidan so‘ng, zalda o‘tirgan tomoshabinlar uni qarsaklar bilan olqishlaydi.

Video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turlicha munosabat uyg‘otdi. Ayrimlar qizning qo‘shiq ijrosini iliq kutib olib, uning ovozini maqtagan bo‘lsa, boshqalar tanqidiy fikrlarini bildirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar