Priyanka Chopraning to‘rt yoshli qizi hindcha duoni aytib, muxlislar mehrini qozondi! (video)

Hindistonlik aktrisa Priyanka Chopra to‘rt yoshli qizi Malti Mari ishtirokidagi samimiy videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ulashdi. Unda kichkina Malti onasining bag‘rida o‘tirgan holda «Gayatri mantra»ni yoqimli ohangda aytayotgani aks etgan.
Videoda qizaloq uyidagi ibodatxona oldida onasining tizzasida o‘tirib, qadimiy hind duosini yoddan o‘qiydi. Uning so‘zlarni talaffuz qilishi va duoni o‘ziga xos ohangda aytishi Priyankaning ham ko‘nglini eritadi. Qizining chiqishidan zavqlangan aktrisa unga qarata: «Juda go‘zal!» deya hayratini yashirmaydi.
Priyanka Chopra ushbu video bilan birga oilasi bilan o‘tkazgan dam olish kunlaridan ham ayrim lavhalarni namoyish etdi. Kadrlar orqali aktrisa qizi Maltini turli madaniyatlar uyg‘unlashgan oilada tarbiyalash bilan birga, unga hind xalqining urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlarini ham o‘rgatib borayotganini ko‘rsatdi.
Qizaloqning duoni mehr bilan aytayotgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida iliq taassurot qoldirdi. Ayniqsa, onasi bilan ibodatxona qarshisida o‘tkazgan bu samimiy lahzalar ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…