
Ijtimoiy tarmoqlarda ayni damda «Dono so‘zlar»ni izoh sifatida qoldirish urfga aylangan. Ko‘pchilik shou-biznes ahli qachondir, qayerdadir o‘qigan yoki eshitgan va o‘zi uchun «aqlli» hisoblagan gaplarini izoh sifatida yozib, uni o‘zlarining «mavzuga mos nigoh» bilan tushgan suratlari ostida e’lon qilishadi. Ammo, ularning kuzatuvchilari har bir gapni olqishlar bilan qarshi oladigan darajada omi emas-da! Eh, bu kuzatuvchilar. Ba’zan muallifning dono so‘zlaridan-da ma’niliroq izohlar bilan ko‘pchilikning kinoyali kulgisiga sabab bo‘lmoqda.
#Instacomment instagramdagi dono izohlar hamda ularga bildirilgan undan-da aqlliroq fikrlarni e’tiboringizga havola etadi.
Demak, ilk nishon – xonanda Rayhon. U o‘zining sahifasiga joylagan so‘nggi surati ostiga «Sevgini asrang» deya izoh qoldirgan. Uning muxlislaridan biri uning so‘zlarini davom ettirib «Lablaringizni ham» deya qo‘shib qo‘ygan.

rayhonganieva: Beregite lyubov
nika_yusupova23: I gubu toje
nika_yusupova23: I gubu toje
Ha, bugun shou-biznes vakillarining lab tuzilishlari botoks atalmish «mo‘’jiza» sabab deyarli bir xil tusga kirib bo‘ldi. Demak, ushbu izohni bugungi san’atkorlarimiz hamda go‘zallik orzumandalariga bemalol qo‘llash mumkin:
«Tabiiy lablaringizni asrang, hurmatli ayollar!»
Manba: hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar