«Game Awards 2014» g‘oliblari e’lon qilindi

5 dekabrdan 6 dekabrga o‘tar kechasi Las-Vegasda g‘oliblarga «Game Awards 2014» mukofotlari topshirildi, Bu haqida «Lookatme.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Yil o‘yini «Dragon Age: Inquisition» (eng yaxshi RPG), eng yaxshi indi-o‘yin «Shovel Knight», eng yaxshi onlayn o‘yin «Destiny» (eng yaxshi saundtrek ham uniki) bo‘ldi. Mobil o‘yinlar kategoriyasida birinchilikni «Hearthstone» qo‘lga kiritdi.
«Ekshn va sarguzashtlar janridagi o‘yin» g‘olibi «Shadow Of Mordor», faytinglar kategoriyasida «Super Smash Bros.», sport va oilaviy o‘yinlar kategoriyasida «Mario Kart 8» g‘olib bo‘ldi.
Eng yaxshi syujet uchun mukofotni «Valiant Hearts: The Great War» (texnik jihatdan yangilik borasida ham g‘olib bo‘ldi) qo‘lga kiritdi. Yilning texnik mutaxassisi esa «Nintendo» bo‘ldi.
Foto: hi-news.ru / Kun “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing