15:38 / 30.10.2017
6 878

Jerar Depardye: «Ruhim uchun nimadir istasam, Qur’on o‘qiyman»

Jerar Depardye: «Ruhim uchun nimadir istasam, Qur’on o‘qiyman»
Jerar Depardyening Le Cherche Midi nashriyoti tomonidan chiqarilgan «Monstr» nomli xotiralar kitobi payshanba kuni sotuvga chiqdi, deb xabar bermoqda info.islom.uz sayti.

Xotira kitobida 68 yoshli aktyor yashab o‘tgan umrini ma’lum darajada sarhisob qiladi va fransuz adabiy tanqidchilarining fikriga ko‘ra, hayotiga ancha mahzun nigoh tashlaydi. Bu mavzuga Deparye kitobida ko‘p o‘rin ajratgan. Kitob muqovasiga «Bugun erkim avvalgidan ko‘proq» deb yozilgan.

«O‘lim meni qo‘rqitmaydi, – yozadi Depardye. – O‘lim so‘roq belgisi emas, balki yashab o‘tilganlar nuqtai nazaridan haqiqiy undov belgisidir». «O‘lim oddiy, sokin bir holat. Unga tayyorlanish kerak», – deb yozadi aktyor. Depardye xotiralarida «bugun bundan qirq, hatto ellik yil avvalgi beg‘am va betashvish odam emas»ligini, ko‘ngli ham noziklashib qolganini aytdi.

Ayni paytda, aktyor ba’zida ruhiy narsalarga etiyoj sezishini, shunda «Qur’on o‘qishi»ni tan oldi. Umuman olganda, Depardye «bugun haqiqiy adabiyot deyarli yo‘q bo‘lib ketgan, noyob hodisaga aylangan» deb hisoblaydi.

Boshqa kitob va intervyulardagi kabi Depardye bolaligi va yoshligi haqida mufassal gapirib beradi, «umrida biron marta dengizni ko‘rmagan» otasi «Dede» haqida so‘ylaydi. Qanday qilib aktyor bo‘lganiyu, bunda unga kimlar yordam berganini hikoya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jerar Depardye: «Ruhim uchun nimadir istasam, Qur’on o‘qiyman»