07:37 / 23.11.2017
16 709

Shuhrat Nuraliyev 37 yoshida vafot etdi

Shuhrat Nuraliyev 37 yoshida vafot etdi
Shuhrat Nuraliyev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jonlantirish bo‘limida qandli diabet kasalligi asoratlari bilan og‘ir ahvolda qolayotgan edi.

Og‘ir xastalik bilan bir necha yil kurashgan aktyor bir necha daqiqa avval olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda Qalampir.uz shifoxonadagi manbalari va aktyorning yaqinlari tayanib xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina 37 yoshini qarshi olgan taniqli aktyor — Shuhrat Nuraliyev o‘zini rejissyor sifatida sinab ko‘rishga ulgurgan edi. Kino muxlislari qalbidan joy olgan “Lafz” kartinasi aynan uning ijod mahsuli ekani ko‘pchilikka ma’lum.

Shuhrat Nuraliyev 8 yil mobaynida O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. U “Osmondagi bolalar”, “Zarb”, “Ulfatlar 2”, “Sodda qiz” kabi 10 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, Shuhrat Nuraliyev qator musiqiy kliplarning ham rejissiyori hisoblanadi.

1980 yilda tavullud topgan Shuhrat Nuraliyev oilali edi. U ikki nafar qiz va bir o‘g‘ilning mehribon otasi edi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Shuhrat Nuraliyevning onasi, rafiqasi, farzandlari, yaqin qarindoshlari va muxlislariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shuhrat Nuraliyev 37 yoshida vafot etdi