
Shahzoda Garri va uning tanlagan yori aktrisa Megan Markl unashtirilganlari e’lon qilingach, ilk bora omma qarshisiga kiyib chiqqan oq rangli paltosi butun mamlakatda ommalashdi va do’konlardan sanoqli daqiqalar ichida sotilib ketdi. Palto Line firmasiga tegishli bo’lib, uning narhi 750 AQSH dollari miqdoridadir, deyiladi xabarda.
Firma rahbarining Jon Masketning aytishicha, ushbu palto shu qadar haridorgir bo’lib ketganki, buning natijasida kompaniya saytida ham tartibsizliklar yuzaga kelgan.
Shuningdek, Jon Masket ushbu paltoning nomi Garrining yori sharafiga Megan deya o’zgartirilgani va endilikda shu nom bilan sotilishini ham aytib o’tdi.
“Bizning kompaniyamiz unchalik katta emas va hozir mavsum oxiri. Shu sababli bunday paltolar omborda ham qolmagandi. Ustiga ustak, ularning barchasi qo’lda tikiladi. Biz yangi partiyani tikish uchun buyurtma berdik va tez orada ushbu model do’konlarda yana paydo bo’ladi” deydi Masket.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar